⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2 - fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-112 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joylarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyat bo‘linmasi ijodiy xodimlari tomonidan lektoriy konsertlar tashkil etilmoqda. 2025-yilning 4-aprel kuni Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida joylashgan 8-10-sonli maktabi o‘quvchilari uchun "LEKTORIY KONSERT" dasturi namoyish etildi. 📖Dastur jarayonida bo‘linma xonanda va sozandalari tomonidan o‘quvchilarga musiqa sozlarini kelib chiqish tarixi, ijro etish usullari, musiqa sanʼati haqida maʼlumotlar berildi. ✍🏻 Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyat boʼlinmasi axborot xizmati
Orqaga