Joriy yilning 3-may sanasida Surxondaryo sanʼat saroyi binosida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Surхоndaryo viloyati boʻlinmasi ijodiy jamoasining "Surxon yulduzlari" nomli 1-chorak hisobot konserti bo‘lib oʻtdi. Konsert dasturida boʻlinma ijodiy jamoasining xonandalari, sozandalari raqqosalari tomonidan estrada va xalqlar doʻstligini mustahkamlashga qaratilgan tojikcha, afgʻoncha, ruscha, turkmencha kuy- qoʻshiqlar tarannum etildi, har bir yangragan taronaga oʻziga xos mahorat bilan jozibali raqslar ijro etildi. Ushbu konsert san’at ixlosmandlari qalbida yorqin taassurotlar qoldirdi. har bir asar, har bir kuy sahnada nafaqat musiqiy, balki ma’naviy go‘zallikni tarannum etdi. Milliy va zamonaviy musiqa asarlari uyg‘unligi, konsertga tashrif buyurgan mehmonlar hamda tomoshabinlarga unutilmas tuyg‘ular bag‘ishladi. ✍🏻 Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Surхоndaryo viloyat boʼlinmasi axborot xizmati
Orqaga