O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2 -
fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada
rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlari
to‘g‘risida"gi PQ-112 sonli qarori ijrosini ta'minlash
maqsadida joylarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi
Surxondaryo viloyat bo‘linmasi ijodiy xodimlari tomonidan
lektoriy konsertlar tashkil etilmoqda. Bugun, 2025-yilning
5-mart kuni Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida joylashgan
17-sonli maktabi o‘quvchilari uchun "LEKTORIY KONSERT" dasturi
namoyish etildi.
📖Dastur jarayonida bo‘linma xonanda va
sozandalari tomonidan o‘quvchilarga musiqa sozlarini kelib
chiqish tarixi, ijro etish usullari, musiqa sanʼati haqida
maʼlumotlar berildi.