O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktor maslahatchisi M. Aytniyozov, yuridik bo‘lim boshlig‘i A. Ashurov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i A. Mirzarahimovlar boshchiligidagi ishchi guruh muassasaning Surxondaryo viloyati bo‘linmasi ish faoliyati va ijodiy jamoaning yil davomida yaratilgan repertuarlari bilan tanishdi.
⏩ Viloyat filarmoniya binosida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda soha vakillari va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etishib, o‘z murojaatlari hamda takliflarini bildirishdi.
✅ Mazkur murojaatlar va takliflarning har biri ro‘yxatga olinib, atroflicha o‘rganish va ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli bo‘lim boshliqlariga ko‘rsatma berildi.