Yangiliklar Sahifasi

tabrik tabrik tabrik

🌷Ayol borki, olam munavvar!

Yangilanish faslining nafosat bayrami “8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” mamlakatimizda har yili keng nishonlandi.  Shu munosabat bilan Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyat boʼlimi erkaklar jamoasi erta tongdan binoga kirish qismini qizil yo‘lakcha va gullar bilan bayramona bezatishdi. Sovg‘a sifatida olib kelingan atirgullarning ifori yangrayotgan kuy bu kunga haqiqiy bayram shukuhini berdi. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati boʻlimi direktori Xurmatov Sherzod Shuhratovich xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqei, soha rivojiga qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etdi va jamoadagi ayollarni “8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, boʻlinma yuristi A.Boltayev ham xotin-qizlarning fidokorona mehnati, erishgan ulkan yutuqlari, faolligi, ibratli fazilatlarini yuksak baholab, jamoadagi ayollarni bayram munosabati bilan tabrikladi.

Orqaga