O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2 -
fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada
rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlari
to‘g‘risida"gi PQ-112 sonli qarori ijrosini ta'minlash
maqsadida joylarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi
Surxondaryo viloyat bo‘linmasi ijodiy xodimlari tomonidan
lektoriy konsertlar tashkil etilmoqda.
Bugun, 2025-yilning 26-fevral kuni Surxondaryo viloyati
Qiziriq tumanida joylashgan 2-36-sonli maktabi o‘quvchilari
uchun "LEKTORIY KONSERT" dasturi namoyish etildi.
📖Dastur jarayonida bo‘linma xonanda va sozandalari
tomonidan o‘quvchilarga musiqa sozlarini kelib chiqish
tarixi, ijro etish usullari, musiqa sanʼati haqida
maʼlumotlar berildi.