← Yangiliklar ro'yxatiga qaytish
16-oktabr, 2026

# “Biz giyohvandlikka qarşimiz!” — soğlom hayot sari birgalikda!

📅 2026-yil 16-oktabr kuni Termiz şahrida yoşlar örtasida giyohvandlikning oldini oliş, soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş hamda yoş avlodning ma’naviy-axloqiy qaraşlarini mustahkamlaş maqsadida “Biz giyohvandlikka qarşimiz!” şiori ostida ommaviy yuriş marafoni va konsert dasturi taşkil etildi. Tadbirning kunduzgi qismida ötkazilgan ommaviy yuriş marafonida yoşlar va jamoatçilik vakillari iştirok etib, giyohvandlikka qarşi kuraşiş, soğlom hayot tarzini tanlaş va jamiyatda soğlom muhitni mustahkamlaş ğoyalarini qöllab-quvvatladilar. Tadbirning keçki qismida Termiz davlat universiteti hududida Özbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bölinmasining ijodiy jamoasi iştirokida konsert dasturi namoyiş etildi. Ijroçilarning mazmunli va jöşqin musiqiy çiqişlari iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşib, tadbirning mazmunan boy va ta’sirçan ötişiga xizmat qildi. Konsert dasturi orqali san’at va ma’rifat vositasida yoşlar ongida giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, ularni zararli illatlardan asraş, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tadbirda 300 nafarga yaqin iştirokçi qatnaşdi. Ommaviy yuriş marafoni va konsert dasturi soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş hamda giyohvandlikka qarşi kuraşişda jamoatçilik hamjihatligini mustahkamlaşga munosib hissa qöşdi. 🎭 San’at — ezgulikka çorlaydi, soğlom avlod esa kelajagimiz poydevoridir! 🇺🇿 Özbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bölinmasi Axborot xizmati 🎼 Telegram | Instagram |Facebook |Youtube |Web-site