
O'zbekiston davlat filarmoniyasi
Surxondaryo viloyati
hududiy bo'linmasi
Milliy va zamonaviy musiqa, raqs san'atini rivojlantirish, ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash va Surxon diyorining madaniy hayotini boyitish.

Biz haqimizda
Filarmoniya
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3813-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimizda musiqa va raqs san’atini rivojlantirish, aholining madaniy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, yosh avlodni musiqa-estetik jihatdan tarbiyalash hamda milliy, mumtoz va zamonaviy san’at namunalarini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasida bugungi kunda 67 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Bo‘linma tarkibida “Surxon navolari” ashula va raqs ansambli faoliyat yuritib, unda 40 nafar ijodiy xodim mehnat qilmoqda. Ijodiy xodimlarning ma’lumot darajasi quyidagicha: - 13 nafari — oliy ma’lumotli; - 14 nafari — tugallanmagan oliy ma’lumotli; - 13 nafari — o‘rta maxsus ma’lumotli. Asosiy faoliyat yo‘nalishlari Bo‘linmaning ijodiy faoliyati milliy, mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs san’atini rivojlantirish, aholining madaniy-ma’rifiy va estetik ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, milliy san’atimizning boy an’analarini keng targ‘ib etishga qaratilgan. Shu yo‘nalishda: - konsert va musiqiy-ma’rifiy dasturlar tashkil etish; - lektoriy-konsertlar orqali aholining musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish; - yosh avlodni musiqa-estetik va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash; - iste’dodli yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; - milliy musiqa va raqs san’ati an’analarini asrab-avaylash hamda rivojlantirish; - ijodkorlarning kasbiy mahorati va ijrochilik salohiyatini oshirish; - milliy va jahon musiqa san’atining sara namunalarini targ‘ib qilish; - ijodiy dasturlar va tadbirlarni ommaviy axborot vositalari hamda internet tarmog‘i orqali keng yoritish ishlari amalga oshirilmoqda. Ijodiy faoliyat Mazkur yo‘nalishlardagi vazifalarni amalga oshirishda “Surxon navolari” ashula va raqs ansamblining ijodiy faoliyati muhim o‘rin tutadi. Ansambl tomonidan hudud aholisi, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari, harbiy qismlar va boshqa tashkilotlarda madaniy-ma’rifiy hamda konsert dasturlari muntazam tashkil etib kelinmoqda. Ijodiy jamoa tomonidan Surxondaryoning o‘ziga xos milliy musiqa va raqs an’analari, xalq ijodiyoti namunalari, shuningdek, o‘zbek va jahon musiqa san’atining sara asarlari ijro etilib, keng targ‘ib qilinmoqda. Bo‘linma jamoasi hududiy va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlar, festivallar, ko‘rik-tanlovlar hamda turli ma’naviy-ma’rifiy loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi o‘z faoliyati orqali aholining madaniy hordiq chiqarishini ta’minlash, milliy san’atimizning boy an’analarini asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish hamda Surxondaryo viloyatining ijodiy salohiyatini namoyon etishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Manzil va aloqa →Bizning jamoa
Rahbariyat va ijodiy jamoa
72 nafar xodimdan 48 nafari erkak, 24 nafari ayol; ular orasida yuqori malakali ijodkorlar, sozandalar va boshqaruv xodimlari bor.
Rahbariyat










Ijodiy jamoa










Ijod namunalari
Repertuardan lavhalar
Bo'linma ijodkorlari tomonidan yaratilgan qo'shiq va sahna asarlaridan namunalar.

Yangiliklar
So'nggi tadbirlar

Özbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bölinmasi tomonidan Termiz şahridagi 26-sonli umumiy örta ta’lim maktabida “Surxonim navolari” nomli III çorak hisobot konsert dasturi namoyiş etildi. Konsert davomida milliy kuy-qöşiqlar tinglovçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.

Termiz şahrida “Biz giyohvandlikka qarşimiz!” şiori ostida taşkil etilgan ommaviy yuriş marafoni va konsert dasturida Özbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bölinmasi ijodiy jamoasi ham faol iştirok etdi.

“Milliylik – bu moda emas, bu hayot!” şiori ostida Özbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bölinmasi ijodiy jamoasi tomonidan navbatdagi fleşmob tadbiri taşkil etildi. Jonli ijrodagi kuy-qöşiqlar orqali milliy san’atimiz va qadriyatlarimiz keng tarğib qilindi.

Termiz davlat pedagogika instituti birinçi bosqiç talabalari uçun ötkazilgan “Talabalikka bağişlov” tantanasida Özbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bölinmasining ijodiy jamoasi özining musiqiy çiqişlari bilan iştirok etdi.

Xabar qoldiring
Savol yoki taklifingizni yozib qoldiring — bog'lanamiz.
