# “Surxonim navolari” - milliy musiqamiz va san’atimiz tarğibotida
“Surxonim navolari” nomli III çorak hisobot konsert dasturi namoyiş etildi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-son qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida Özbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bölinmasi tomonidan aholi, xususan, yoşlar örtasida milliy san’at va musiqiy merosimizni keng tarğib etişga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam taşkil etilmoqda. 📅 2026-yil 20-oktabr kuni Termiz şahridagi 26-sonli umumiy örta ta’lim maktabida “Surxonim navolari” nomli III çorak hisobot konsert dasturi namoyiş etildi. Konsert dasturida maktab öquvçilari, pedagoglar hamda ustoz-murabbiylar iştirok etib, milliy san’atimizning betakror namunalari va musiqiy merosimizdan bahramand bölişdi. Dastur davomida filarmoniya ijodiy jamoasi tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qöşiqlar tomoşabinlarga kötarinki kayfiyat bağişladi. Ijroçilarning mahoratli çiqişlari, kuy-qöşiqlarning mazmuni va badiiy jozibasi konsertga özgaça fayz bağişlab, tinglovçilarda iliq taassurotlar qoldirdi. 🎶Konsert doirasida jami 200 nafardan ortiq tomoşabin qamrab olindi Mazkur konsert dasturi yoşlarning milliy san’atimizga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning ma’naviy dunyosi va estetik didini yuksaltiriş, milliy musiqiy merosimizni keng tarğib etiş hamda ta’lim muassasalarida madaniy-ma’rifiy muhitni yanada rivojlantirişga xizmat qildi. 🎼Milliy kuy-qöşiqlar — qalblarga ma’naviyat, hayotga zavq bağişlaydi!




