← Yangiliklar ro'yxatiga qaytish
16-oktabr, 2026

# Milliy qadriyatlarimizni tarannum etgan fleşmob taşkil etildi

Milliylik – bu moda emas, bu hayot! 📅2026-yil 16-oktabr kuni Surxondaryo viloyati madaniyat boşqarmasi tomonidan 2026-yil 18-aprelda tasdiqlangan reja-grafik ijrosini ta’minlaş maqsadida Özbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bölinmasi joylaşgan hududda navbatdagi madaniy-ma’rifiy fleşmob tadbiri ötkazildi. “Milliylik – bu moda emas, bu hayot!” hamda “Jonli sahna – milliy hayot!” şiorlari ostida taşkil etilgan tadbirda filarmoniyaning ijodiy jamoasi tomonidan milliy ruh va qadriyatlarimizni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlar jonli ijroda namoyiş etildi. Ijodkorlarning xalqimizning qadimiy va boy san’at an’analarini aks ettiruvçi musiqiy çiqişlari tadbirga özgaça fayz bağişlab, iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi. Ayniqsa, jonli ijrodagi kuy-qöşiqlar yoşlar va tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda 100 nafardan ortiq öquvçi-yoşlar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etib, milliy san’atimizning betakror namunalari va ijodkorlarning mahoratidan bahramand bölişdi. Mazkur fleşmob milliy qadriyatlarimizni keng tarğib etiş, aholining jonli ijroga bölgan qiziqişini oşiriş, yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda jamiyatda soğlom ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlaşga xizmat qildi. 🎶 Milliy san’at — milliy özligimiz va ma’naviy boyligimiz ifodasidir! 🇺🇿 Özbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bölinmasi Axborot xizmati 🎼 Telegram | Instagram |Facebook |Youtube |Web-site