# Talabalik sari ilk qadam - san’at va tantana uyğunligi!
📅 2026-yil 15-oktabr kuni Termiz şahridagi San’at saroyi majmuasining yozgi amfiteatr maydonida Termiz davlat pedagogika institutining birinçi bosqiç talabalari uçun “Talabalikka bağişlov” nomli tantanali tadbir bölib ötdi. Bayramona ruhda taşkil etilgan tadbirda 1000 nafardan ortiq talaba-yoşlar, professor-öqituvçilar hamda taklif etilgan mehmonlar iştirok etdi. Tantanali tadbirda Özbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bölinmasining ijodiy jamoasi ham faol iştirok etib, özining rang-barang musiqiy dasturi, jozibali kuy-qöşiqlari va yorqin sahna çiqişlari bilan yiğilganlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi. Ijroçilarning mahorat bilan namoyiş etilgan çiqişlari tadbirga özgaça fayz bağişlab, uning mazmunan boy va unutilmas ötişiga xizmat qildi. Milliy musiqa san’ati va zamonaviy ijro namunalarini uyğunlaştirgan musiqiy çiqişlar yoşlarning san’atga bölgan qiziqişini oşiriş, ma’naviy dunyosini boyitiş hamda mazmunli hordiq çiqarişiga munosib hissa qöşdi. Ijodkorlarning jöşqin ijrosi va samimiy sahna çiqişlari tadbir iştirokçilarida katta taassurot qoldirdi. “Talabalikka bağişlov” tadbiri nafaqat yangi talabalik davrining boşlanişini ifodalovçi tantana, balki yoşlarni bilim olişga, öz ustida muntazam işlaşga, yuksak marralarni közlaşga va kelajakda Vatan ravnaqi yölida munosib xizmat qilişga undovçi muhim ma’naviy-ma’rifiy voqea böldi. Tadbir yakunida birinçi bosqiç talabalari hayotining yangi va mas’uliyatli bosqiçi — talabalik davriga rasman qadam qöyganligi ramziy ma’noda e’tirof etildi. Uşbu tantanali kun yoşlarning qalbida ezgu maqsadlar, mustahkam işonç va yorqin kelajakka intiliş tuyğularini yanada mustahkamladi. Özbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bölinmasining mazkur tadbirdagi iştiroki hududda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni rivojlantiriş, yoşlarning san’atga bölgan mehrini oşiriş hamda ularning mazmunli hordiq çiqarişini ta’minlaş yölidagi faoliyatining yana bir yorqin namunasidir. 🎭 San’at - yoşlar qalbiga ilhom, kelajakka işonç bağişlaydi! 🇺🇿 Özbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bölinmasi Axborot xizmati 🎼 Telegram | Instagram |Facebook |Youtube |Web-site




